Eksport geografiyasi kengaymoqda: O`zbekiston o`z mahsulotlarini yana 4 mamlakatga etkazilishini yo`lga qo`ydi
Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi axborot xizmati ma`lum qilishicha , joriy yilning yanvar-aprel oylarida tovar va xizmatlar eksporti (oltin eksportidan tashqari) 3,4 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu o`tgan yilning shu davriga nisbatan 715,7 mln dollarga ko`pdir.
Tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlari (+217 mln dollar), mis va mis mahsulotlari (+122 mln dollar), engil avtomobillar (+59 mln doll.), un (+ 29 million dollar), maishiy texnika (+22 million dollar) va boshqa tovarlar eksportining o`sishi hisobiga joriy yilning yanvar-aprel oylarida 660 mln dollarlik qo`shimcha eksport ta`minlandi.
Mahalliy tovarlar eksport geografiyasi 4 ta mamlakatga kengaytirildi. O`zbek mahsulotlari endi Avstraliya, Argentina, Dominikan Respublikasi va Surinam mamlakatlariga etkazib berilmoqda.






