AsosiyJamiyat

Respublika perinatal markaziga chaqaloqlarga mo`ljallangan tez tibbiy yordam mashinalari xarid qilindi

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi Birlashgan millatlar tashkiloti jamg`armasi tomonidan yangi tez tibbiy yordam mashinalarini qabul qilib oldi, deb yozadi “Gazeta.uz” .

Mazkur yangi mashinalar yangi tug`ilgan chaqaloqlarni shifoxonaga zudlik bilan etkazish uchun mo`ljallangan.  Ularni vazirlikka taqdim etish marosimi  15 mart, seshanba kuni bo`lib o`tdi.

Har bir avtomobil chaqaloqlar uchun kuvez hamda tibbiyot muassasasiga etkazilgunga qadar ona va bola salomatligini qo`llab-quvvatlovchi barcha kerakli asbob-uskunalar bilan jihozlangan.

Respublika perinatal markazi uchun xarid qilingan avtomobillar O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi va BMT hamkorligi doirasida amalga oshirildi.

    Boshqa yangiliklar