Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yil 1 iyun holatiga respublikamizda ro`yxatdan o`tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 13,2 mingtani tashkil etib, ulardan 12,7 mingtasi faoliyat yuritmoqda. Faoliyat kúrsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni o`tgan yilning mos davriga nisbatan 1 648 taga oshgan.
Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko`rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:
- Rossiya – 2 229 ta
- Xitoy – 1 893 ta
- Turkiya – 1 744 ta
- Qozog`iston – 999 ta
- Koreya – 902 ta
Xorijiy kapital ishtirokida 2021 yilning yanvar-may oylarida yangi tashkil etilgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:
- Turkiya – 201 ta
- Rossiya – 158 ta
- Xitoy – 121 ta
- Qozog`iston – 98 ta
- Koreya – 38 ta






