AsosiyJamiyat

Angrenda 10 tonna spirt mahsulotini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

'Angrenda 10 tonna spirt mahsulotini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Angren shahar bo`limlari tomonidan  tezkor tadbir o`tkazildi. 

Unda, “S.” MChJ rahbari D.I. va fuqaro A.S.lar oldindan til biriktirib, tegishli hujjatlari bo`lmagan 10 tonna spirt mahsulotini har bir litrini 28 ming so`mdan hisoblab fuqaro O`.ga 280 mln so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar