AsosiyJamiyat

Dam olish kunlari O`zbekistonga yana salqin havo massalari kirib kelib, harorat pasayadi

'Dam olish kunlari O`zbekistonga yana salqin havo massalari kirib kelib, harorat pasayadi'ning rasmi

Bugun va ertaga kichik gradientli yuqori bosimli maydon ob-havo sharoitini belgilaydi, deya xabar bermoqda O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati.

Qayd etilishicha, Respublikamizda kam bulutli ob-havo ustun bo`ladi, faqat Toshkent viloyati va Farg`ona vodiysi viloyatlarining ayrim tog`li tumanlarida yog`ingarchilik bo`lishi ehtimoli bor. Harorat kunduz kunlari 35-40° ni tashkil etadi, bu o`rtacha ko`p yillik qiymatlardan 2-3° ga yuqoridir. Ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha, shanba kuni ba`zi joylarda changli bo`ron bilan 23-28 m/s gacha kuchayadi.

Yakshanba kuni Rossiyaning Evropa hududlaridan salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi, bu havo massalari mamlakatimizning janubiy hududlariga qulay harorat olib keladi. Faqat tog` oldi va tog`li hududlarida qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, respublikaning tekislik hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Harorat me`yordan 2-4° past bo`ladi va kechasi 15-18°, kunduzi 29-32°, janubda 34-37° atrofida bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar