AsosiyJamiyat

Namangandagi kanalga choʻkib ketgan 12 yoshli qizning jasadi topildi

'Namangandagi kanalga choʻkib ketgan 12 yoshli qizning jasadi topildi'ning rasmi

Avvalroq, Namangan viloyati Pop tumanida bir opaxonni qizlari katta kanalga tushib cho`kib ketgan, ular cho`kib ketgan farzandlarini o`zlari qidirayotganlari haqida xabar bergan edik.

Endilikda, Pop tumani hududidan oqib o`tgan Shimoliy Farg`ona kanalida joriy yil 15 iyun kuni cho`kkan 12 yoshli qiz Namangan viloyati FVVning qidiruv guruhi xodimlari tomonidan topildi.

Ma`lum qilinishicha, holat yuzasidan Pop tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.  

Boshqa yangiliklar