AsosiyJamiyat

Jizzaxda imkoniyati cheklangan fuqarolarning muammolari hal etildi

'Jizzaxda imkoniyati cheklangan fuqarolarning muammolari hal etildi'ning rasmi

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda “Xo`rlanganlar va unutilganlar” sarlavhasi ostida  videolavha e`lon qilingan edi. Unda keltirilgan holat Senat a`zolari tomonidan nazoratga olinib, batafsil o`rganildi hamda fuqarolarni qiynayotgan muammolar bartaraf etildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lumot uchun, Jizzax viloyati Mirzacho`l tumanida yashovchi fuqaro J.O`razbaevaning nogironligi bo`lganligi sababli ikkinchi qavatdan uy berishganligidan norozi bo`lib, qilgan murojaati joriy yil 8 iyun kuni senatorlar N.Muxtorova va S.Suyarova tomonidan joyiga chiqqan holda o`rganildi. Natijada quyidagilar aniqlandi:

J.O`razbaeva 2018 yilga qadar MFY hududidagi Gagarin ko`chasi 29-uy 2-xonadonda yashab kelgan. 2018 yil hududda “Obod qishloq” dasturi doirasida muddati o`tgan eski tipdagi barak uylar buzilib, ushbu uylarda yashovchi oilalar, shu jumladan, fuqaro J. O`razbaeva ham “Muruvvat” uyidan bepul uy-joy bilan ta`minlangan.

J. O`razbaevaning turmush o`rtog`i va ikki nafar voyaga etgan farzandi borligi e`tiborga olinib, vaqtinchalik ikkinchi qavatdagi ikki xonali bepul uy-joy berilgan. Ular barcha kommunal to`lovlardan ozod etilgan.

MFY raisi tomonidan bir necha marotaba ikkinchi qavatdan birinchi qavatga ko`chirish masalasi yoki “Bog`bon” qishloq fuqarolar yig`ini hududida kam ta`minlangan oilalar uchun bir qavatli ijtimoiy uylarga ko`chib o`tish taklifi berilganda, fuqaro J.O`razbaeva rad etgan.

O`z o`rnida, fuqaro J. O`razbaevaga mahalliy hokimiyat organi tomonidan hech qanday yordam berilmayapti, deb tarqatilgan xabar asossiz va haqiqatdan yiroq. O`rganishlar davomida unga muntazam ravishda moddiy yordam, oziq-ovqat va homiylik yordamlari berilib kelinayotganligi aniqlandi. Shuningdek, u tibbiy ko`rikdan o`tishi taklif etilganda, rad etgan.

Shuningdek, J.O`razbaevaning qizi A.Kengesova “Yoshlar daftari”ga kiritilgan. Unga tomorqa sifatida foydalanishi va daromad qilishi uchun 0.50 sotix er maydoni ajratilgan. Biroq, fuqaro A.Kengesova tomonidan berilgan er maydonini olish rad etilgan. Senat a`zolari tomonidan J.O`razboevaning murojaati alohida nazoratga olindi. Surxondaryo viloyati Jarqo`rg`on tumanida yashovchi K.Jumaevning etti yoshli qizi S.Musurmonqulovani davolatish uchun moddiy yordam ajratilmayotganigi to`g`risidagi holat Senatning Fan, ta`lim va sog`liqni saqlash masalalari qo`mitasi raisi O.Iminov tomonidan atroflicha o`rganilgan.

O`rganish jarayonida Jarqo`rg`on tuman hokimligi tashabbusi bilan “Saxovat va ko`mak” jamg`armasidan bemor S.Musurmonqulovaning birinchi jarrohlik amaliyoti uchun 7 mln. so`m moddiy yordam ko`rsatilganligi, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Bolalar ortopediya bo`limi tomonidan 2021 yil 9 aprelda berilgan kasallik tarixidan ko`chirmada qayta ko`rik bir yarim oydan keyin bo`lishi, biroq ikkinchi jarrohlik amaliyoti qachon amalga oshirilishi belgilanmaganligi aniqlandi. Joriy yil 7 iyun kuni senator B.Bo`taeva K.Jumaev bilan telefon orqali bog`langanda, u qizini davolatish uchun Toshkent shahriga olib ketayotganligini ma`lum qilgan.

So`ng joriy yil 8 iyun kuni Senatning Fan, ta`lim va sog`liqni saqlash masalalari qo`mitasi raisi O.Iminov K.Jumaev bilan Toshkent shahrida Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya ilmiy-amaliy markazida uchrashdi. Uning qizi S.Musurmonqulova va jarrohlik amaliyotini qilgan shifokor bilan suhbatlashdi. Shifokor tomonidan S.Musurmonqulovada ikkinchi jarrohlik amaliyotini o`tkazish zarurati shifokorlar tomonidan aniq emasligi ma`lum qilingan.

 K.Jumaevga qizi S.Musurmonqulovani reabilitasiya muolajalarini olish uchun Respublika ixtisoslashtirilgan travmotologiya ilmiy-amaliy markaziga davolanishga yotishida senator O.Iminov tomonidan amaliy yordam ko`rsatilgan va K.Jumaevning murojaati nazoratga olingan.

Boshqa yangiliklar