AsosiyJamiyat

Bojxonachilar eski asbob-uskunalar va 4,3 milliard so`mlik tovarlar bilan bog`liq qing`irlikni fosh etishdi

'Bojxonachilar eski asbob-uskunalar va 4,3 milliard so`mlik tovarlar bilan bog`liq qing`irlikni fosh etishdi'ning rasmi

Bojxona organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi xodimlari “Chuqursoy texnik-idora” hamda “Toshkent-tovar” bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi qing`irlikni fosh etishdi.

Unga ko`ra, yurtimizda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub`ekti xorijdan o`z korxonasi nomiga 4 ta yuk konteynerida texnologik asbob-uskunalar buyurtma beradi.

  Biroz muddat o`tgach, mazkur 4 ta konteynerlar “Chuqursoy texnik idora” temir yo`l chegara bojxona posti orqali yurtimiz hududiga kirib keladi.

Shundan so`ng bojxona xodimlari post hududida o`rnatilgan inspeksion ko`rik majmuasidan olingan rengent tasvirlari hamda mazkur konteynerlarga tegishli yuk hujjatlarini o`zaro solishtirish asosida bojxona nazoratidan o`tkazishdi.

Natijada, yuk hujjatlariga ko`ra “tomchilatuvchi lentani ishlab chiqarish liniyasi” deya ko`rsatilgan tovarlarning rengent tasvirlari va yuk hujjatlaridagi ma`lumotlar o`rtasida tafovutlar aniqlandi. 

Bojxona ko`rigi davomida qiymati 4 mlrd 303 mln. so`mlik, 115 654 dona kiyim-kechaklar, 15,7 tn. granula tovari hamda metall javonlar konteynerlarga tegishli yuk hujjatlarida umuman qayd etilmaganligi aniqlandi.

Shuningdek, hujjatlarda ko`rsatilgan “tomchilatuvchi lentani ishlab chiqarish liniyasi” texnologik asbob uskunalari ham muqaddam foydalanishda bo`lganligi, shuningdek uskuna qismlari foydalanishga yaroqsiz hamda zanglagan holda ekanligi ma`lum bo`ldi.

Qonunbuzar oldindan o`ylangan puxta qing`ir rejasi  asosida mamlakatimizda tadbirkorlarga yaratilgan qulayliklarni suiste`mol qilgan holda muqaddam foydalanilgan, ishlatishga yaroqsiz bo`lgan texnologik asbob-uskunalarni hamda juda ko`p miqdordagi tovar-moddiy boyliklarni yurtimiz hududiga noqonuniy olib kirishga uringanligi aniqlandi. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar