Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, joriy yilning 18 iyun kuni soat 19:30 larda, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, KXAY ko`chasida haydovchi, 1986 yilda tug`ilgan O.I. "BMW" rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, ushbu ko`chada joylashgan "Minor" masjidi yaqiniga etgan vaqtida dvigatel qismida qisqa tutashuv bo`lganligi sababli avtomobilni yo`l chetiga to`xtatgan. Qisqa tutashuvdan so`ng yong`in yuzaga kelgan. Bu haqda YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.
Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong`in natijasida tan jarohati olganlar yo`q. Avtomobilga zarar etgan.
Mazkur hodisa yuzasidan Yunusobod tumani FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, yong`in yuzaga kelish sabablari o`rganilmoqda.






