“Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Fuqarolar yig`ini to`g`risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko`ra, barcha fuqarolar yig`inlari geografik joylashuvi va aholi soni bo`yicha toifalarga ajratiladi.
Fuqarolar yig`ini davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va o`z vakolatlarini tegishli hudud doirasida amalga oshiradi.
Fuqarolar yig`ini kengashi, fuqarolar yig`ini faoliyatining asosiy yo`nalishlari bo`yicha komissiyalar va taftish komissiyalari fuqarolar yig`inlari organlari hisoblanadi.
Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari jamoatchilik nazorat sub`ektidir.
Fuqarolar yig`ini majlisida 18 yoshga to`lgan va fuqarolar yig`ini hududida doimiy, vaqtincha yoki asosan yashayotgan shaxslar qatnashadi.
Fuqarolar yig`inlarida uning asosiy yo`nalishlari bo`yicha quyidagi komissiyalar tuziladi:
➖ oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi;
➖ xotin-qizlar bilan ishlash bo`yicha komissiya;
➖ ijtimoiy qo`llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo`yicha komissiya;
➖ ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish bo`yicha komissiya.
Shuningdek, fuqarolar yig`ini huzurida “Keksalar maslahati” guruhi, “Ota-onalar universiteti”, “Ayollar maslahat kengashi” jamoatchilik tuzilmalari tashkil etiladi.






