AsosiyJamiyat

​Xorazmlik 33 yoshli ayol o`z turmush o`rtog`iga buyragini berdi

'​Xorazmlik 33 yoshli ayol  o`z turmush o`rtog`iga buyragini berdi'ning rasmi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining malakali mutaxassislari tomonidan markazning viloyat filialida xorazmlik shifokorlar bilan birgalikda buyrak transplantasiyasi  amaliyotini  muvaffaqiyatli o`tkazishdi. Bu haqda SSV Axborot xizmati xabar berdi.

— Markazimiz tomonidan  qisqa vaqt ichida 137 marta o`tkazilayotgan bunday noyob amaliyot  ilk bor viloyatda bajarilishi tarixiy ahamiyatga ega, — deydi markaz  bosh direktori Davron Tulyaganov. —   Maqsadimiz chekka hududlar aholisini ortiqcha ovoragarchiliklarsiz  yashash joyini o`zida malakali tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishdir.Ochig`i, oldinlari viloyatlarda ham odam a`zolarini ko`chirib o`tkazishdek murakkab jarrohlik  amaliyotlari o`tkaziladi,  deyilsa ishonish qiyin edi. Bugun ana shu ko`p yillik orzu haqiqatga aylandi.

Tibbiyot fanlari doktori Farhod Xadjibaev rahbarlik qilgan amaliyot jarayonlari qariyib besh soat davom  etdi. Bog`ot tumanilik  33 yashar Yulduz Ro`zmetova  o`z turmush o`rtog`i 36 yashar Mardon Polvonovga  bir buyragini berdi. Hozirda ularning ahvoli yaxshi.

— Turmush o`rtog`im bir yildan buyon gemodializ muolajasi olib keladi. Tumanimiz viloyat markaziga uzoqligi bizga ancha noqulaylik tug`dirardi. Hatto xorijga borib davolatishga ham rozi edik. Dunyoda falon pul turadigan amaliyot viloyatimizning o`zida bepul amalga oshirilganidan xursandmiz, — deydi Yulduz.— Nasib qilsa, ikki farzandimizni ham ziyoli, el-yurt koriga yaraydigan insonlar qilib tarbiyalaymiz. Orzuim o`z turmush o`rtog`im va farzandlarim bilan baxtli yashashdir.

Shu kunlarda mazkur filialda  ikkinchi noyob amaliyotga tayyorgarlik ko`rilmoqda.

 

 

    Boshqa yangiliklar