AsosiyJamiyat

Andijonda "Spark" haydovchisi YPX xodimini mashina kapoti ustida "sayr" qildirdi

'Andijonda "Spark" haydovchisi YPX xodimini mashina kapoti ustida "sayr" qildirdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda "Spark haydovchisi YPX xodimini sayr qildirdi" sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan ma`lumot berildi. 

2021 yil 19 iyun kuni soat 19:30 larda Andijon viloyati, Andijon shahar, Bobur shoh ko`chasida "Spark" rusumli avtomobil haydovchisi YPX xodimi B.Komiljonovning to`xtash ishorasiga bo`ysunmasdan harakatda davom etgan. YPX xodimi aloqa vositasi yordamida o`zidan keyingi xodimga avtomobil ma`lumotlarini etkazgan. YPX xodimi I.Bobabekov "Spark" avtomobil haydovchisiga to`xtash ishorasini ko`rsatishiga qaramasdan haydovchi xodimning ustiga avtomobilni boshqargan. Avtomobil kapotiga osilib qolgan I.Bobabekov taxminan 50-60 metr masofadan so`ng tushib qolgan.

Haydovchi harakatini davom ettirib hodisa joyidan ketib qolgan. YPX xodimi holat yuzasidan bildirgi orqali viloyat IIB YHXB boshlig`iga ma`lum qilgan. Mazkur holat natijasida tan jarohati olganlar yo`q.

️Hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar