Ijtimoiy tarmoqlarda "Anjanda buni: "Ish bitdi, eshak suvdan o`tdi," deyishadi." sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati quyidagilarni ma`lum qildi:
Tasvirda aks ettirilgan holat shahar obodonlashtirish bo`limi tomonidan hududda obodonlashtirish ishlari olib borilayotgan vaqtga tasvirga tushirilgan.
Obodonlashtirish ishlari olib borish jarayonida gullarga shikast etmasligi uchun ular tasvirda aks etgan avtomashina yordamida soya-salqin joyga bir oz muddatga ko`chirib turilgan.
Yo`lning 50 metr uzunlikdagi qismida olib borilgan bu tadbir davomida, ekologlar tavsiyasiga ko`ra, qayta o`tqazilgan ko`chatlarning yanada o`sib rivojlanishi uchun zarur agrotexnik shart-sharoit yaratilgan.
Ayni paytda bu manzarali butalar yana o`z joyiga qayta o`tqazilgan.






