AsosiyDunyo

Rossiyalik olimlar koronavirusni saqich yordamida davolamoqchi

'Rossiyalik olimlar koronavirusni saqich yordamida davolamoqchi'ning rasmi

Rossiya Mudofaa vazirligi Markaziy ilmiy-tadqiqot instituti (MITI) COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi saqich shaklida dori ishlab chiqarish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda  RBC nashri yozmoqda.

Xabarda aytilishicha, loyiha ustida Mudofaa vazirligining 48-markaziy tadqiqot instituti ish olib bormoqda. Ilgari ushbu harbiy institut Gamalei nomidagi tadqiqot markazi bilan birgalikda koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini yaratishda ishtirok etgan.

Markaziy tadqiqot instituti direktori, polkovnik Sergey Borisevich ushbu yo`nalishda ishlar olib borilayotganini tasdiqlagan. 

“Sinovlardan so`ng preparat koronavirus infeksiyasini davolash va oldini olish uchun turli xil rejimlarga kiritiladi”, deydi mutaxassislar.

Xabarga ko`ra, institut mutaxassislari saqich shaklidagi tabletka va pastilalar ko`rinishida COVID-19 ga qarshi mukozal vaksina ishlab chiqish ustida tadqiqot olib bormoqda.

Boshqa yangiliklar