AsosiyJamiyat

Surxondaryoda tez tibbiy yordam avtomobiliga yo`l bermagani aytilayotgan YPX xodimi haqida ma`lumot berildi

'Surxondaryoda tez tibbiy yordam avtomobiliga yo`l bermagani aytilayotgan YPX xodimi haqida ma`lumot berildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda "GAI xodimi tez tibbiy yordam avtomobilini sababsiz o`tkazmasligi - jinoyat" sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan ma`lumot berildi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 15-17 iyun kunlari Surxondaryo viloyatida "Yoshlar festivali" o`tkazilganligi munosabati bilan YPX xodimlari xizmatga jalb etilib, ayrim ko`chalarda transport vositalari harakati cheklangan.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, YPX xodimi Termiz shahar, Navbahor ko`chasida tez tibbiy yordam avtomobilini o`tkazmaganligi aks etgan holat ushbu tadbir vaqtida sodir bo`lgan.

 Hozirda holat yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB YHXB mas`ullari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar