2021 yil 29 iyun kuni soat 11:00 da Surxondaryo viloyat sudi binosida sudlanuvchi O.Sattoriyga oid jinoyat ishini apellyasiya instansiyasida qayta ko`rib chiqish bo`yicha ochiq sud jarayoni boshlanadi. Bu haqda Oliy sud Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi boshlig`i Aziz Obidov ma`lum qildi.
Xabarga ko`ra, mazkur jinoyat ishi Samarqand viloyat sudining apellyasiya sudlov hay`ati tomonidan ko`rib chiqiladi.
Eslatib o`tamiz, jinoyat ishlari bo`yicha Muzrabot tuman sudining 2021 yil 10 maydagi hukmiga ko`ra, O. Sattoriy Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi “a”, “g” bandlari va 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi (engilroq jazo tayinlash) qo`llab, 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) va 61-moddasi (jazolarni qo`shishning hisoblash qoidalari) ga asosan tayinlangan jazolarni qisman qo`shish yo`li bilan uzil-kesil 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.






