AsosiyJamiyat

YUNISEF Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim tizimidagi asosiy muammolarni nimalarda koʻrishi maʼlum boʻldi

'YUNISEF Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim tizimidagi asosiy muammolarni nimalarda koʻrishi maʼlum boʻldi'ning rasmi

Bu savolga AOKAda o`tkazilgan matbuot anjumanida YuNISEFning erta rivojlanish va ta`lim bo`yicha maslahatchisi Vazira Nazarova javob berdi. Bu haqda "Darakchi" muxbiri xabar berdi.

«Biz vazirlik tashkil etilgandan buyon o`zaro yaqin hamkorlik asosida ishlab kelyapmiz. Birgalikda ko`plab loyihalar amalga oshirildi, «Ilk qadam» loyihasi ham ana shular jumlasidan.

Tizimdagi asosiy muammo — kadrlar masalasi bilan bog`liq. Chunki 25 yil davomida bu sohaga etarlicha e`tibor berilmagan, aynan shu soha bo`yicha mutaxassislar tayyorlanmagan.

Bu muammoni bir necha yilda to`liq hal etish mumkin emas. Vazirlik bu borada tarbiyachilarning oliy ma`lumotga ega bo`lishi uchun barcha sa`y-harakatlarni amalga oshiryapti.

YuNISEF ham ushbu yo`nalishda o`zaro hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda. Tegishli mutaxassislar hamda ta`lim muassasalari bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash dasturini ishlab chiqamiz. Bu — mazkur muammoni hal etishda muhim ahamiyatga ega bo`ladi». 

Boshqa yangiliklar