AsosiyJamiyat

Jizzaxda o`qishga kiritmoqchi bo`lgan firibgar qo`lga tushdi

'Jizzaxda o`qishga kiritmoqchi bo`lgan firibgar qo`lga tushdi'ning rasmi

 Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning G`allaorol tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro I.I. boshqa bir fuqar O`.ning ishonchiga kirib, uning farzandini O`zbekiston Davlat san`at va madaniyat institutiga tanishlari orqali o`qishga kiritib qo`yish evaziga 3 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Prokuratura Departamenti xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. 

Boshqa yangiliklar