AsosiyJamiyat

Tunda Samarqandda bir-biriga tutash uylarda yong`in sodir bo`ldi

'Tunda Samarqandda bir-biriga tutash uylarda yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

Bugun, 22 iyun kuni soat 00:52da Samarqand viloyati Samarqand shahar “Bog`ibaland” MFY “Xo`ja Isoqi Valiy” ko`chasi 1-uyda yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushdi, deya xabar bermoqda FVV Axborot xizmati. 

Mazkur xabarga asosan voqea joyiga 6 ta yong`in-qutqaruv ekipaji va 1 ta suv tashish avtomashinasi jalb etilgan. Hodisa oqibatida uyning 248 kv.m. maydonida tom va shift qismi hamda qo`shni  uyning 30 kv.m. maydonida tom qismi yongan. 

Yong`in soat 01:55da o`rab olinib, soat 02:53da to`liq o`chirilgan. Yong`indan uylarning taxminan 300 kv.m. maydoni saqlab qolingan.  

Yong`in oqibatida jabrlangan va halok bo`lganlar yo`q. Hozirda yong`in sababi hamda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yuqoridagi kabi ko`ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong`in xavfsizligi qoidalariga rioya etishni so`rab koladi.

    Boshqa yangiliklar