AsosiyJamiyat

Qarshidan Toshkentga kelayotgan no`malum hayvonga tegishli bo`lgan iste`molga yaroqsiz go`sht Chiroqchi postida ushlandi

'Qarshidan Toshkentga kelayotgan no`malum hayvonga tegishli bo`lgan iste`molga yaroqsiz go`sht Chiroqchi postida ushlandi'ning rasmi

2021 yil 22 iyun kuni soat 01:30 larda Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani hududida joylashgan “Umakay” YPX maskanida xizmat olib borgan YPX xodimi tomonidan “Qarshi-Toshkent” yo`nalishi bo`ylab harakatlanib kelgan "Kia Carnival"  rusumli avtomobil to`xtatilib tekshirilganda, yukxonasida to`q qizil rangli, no`malum hayvonga tegishli bo`lgan, jami og`irligi 460 kilogrammga teng bo`lgan go`sht mahsulotlari borligi aniqlangan. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati tezkor axborot taqdim etdi.

Aniqlangan mahsulotlar Chiroqchi tumani veterinariya bo`limining laboratoriyasida tekshirilganda iste`molga yaroqsizligi aniqlanib belgilangan tartibda yo`q qilindi.

    Boshqa yangiliklar