AsosiyJamiyat

Madaniy meros agentligining asosiy vazifalari belgilandi

'Madaniy meros agentligining asosiy vazifalari belgilandi'ning rasmi

“O`zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyatini tashkil etish hamda sohani innovasion rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori  qabul qilindi.

 Qarorga muvofiq, Madaniy meros agentligi moddiy madaniy meros, muzeylar, arxeologiya, madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi sohasida maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi hisoblanadi.

 Qarorga ko`ra:

 sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va moddiy madaniy merosning ko`chmas mulk ob`ektlari joylashgan aholi punktlarining bosh rejalari Agentlik bilan kelishilishi majburiy hisoblanadi;

  • moddiy madaniy meros ob`ektiga etkazilayotgan zarar haqidagi holat bo`yicha xabardor bo`lgan paytdan boshlab davlat nazoratining dastlabki natijalari 24 soat ichida Agentlik rasmiy sayti orqali jamoatchilikka ma`lum qilinadi;
  • asrashga doir ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishning barcha bosqichlarini ilmiy-texnik tadqiq etish uchun har bir ob`ektning o`ziga xosligi va holatidan kelib chiqib, Ilmiy-texnik tadqiqot guruhlari tuziladi;
  • Agentlikka turizm va sport vazirining taqdimnomasiga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.

 

 2023 yil 1 yanvardan:

● moddiy madaniy meros ob`ektlari va muzeylar sohasidagi davlat xizmatlarining ayrimlari elektron shaklda ko`rsatiladi;

● davlat xizmatlari uchun to`lovlarni elektron shaklda amalga oshirish orqali kvitansiya talab qilish bekor qilinadi;

● Agentlik mas`ul xodimlari va fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb etilgan mutaxassislar, ekspertlar tomonidan tegishli ko`chmas mulk va ko`char ashyolar shaxsan ekspertizadan o`tkaziladi;

● ekspertiza o`tkaziladigan manzil, vaqt va ma`lumot uchun telefon raqamlari hamda davlat xizmati ko`rsatish natijasi haqida SMS yuborish orqali arizachi xabardor qilinadi;

● davlat xizmatini ko`rsatish natijasida beriladigan hujjatlar QR-kod (matrik shtrixli kod) qo`yish orqali beriladi.

 2022 yil 1 yanvardan namoyish ob`ektlari ro`yxatiga kiritilgan namoyish ob`ektlarida chiptalar savdosini tegishli yagona elektron tizimga integrasiya qilmagan holda amalga oshirish nazorat-kassa texnikasini va hisob-kitob terminallarini qo`llash tartibini buzish deb baholanadi.

Eslatib o`tamiz, mazkur Agentlik Prezidentning 2021 yil 6 apreldagi PF–6199-son farmoni bilan tashkil qilingan.  

    Boshqa yangiliklar