AsosiyJamiyat

O`zbekistonda maxfiy biologik qurol ishlab chiqarilayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi

'O`zbekistonda maxfiy biologik qurol ishlab chiqarilayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi so`nggi vaqtlarda O`zbekistonning G`arb davlatlari bilan bioxavfsizlik sohasidagi hamkorligi go`yoki yaqin joylashgan davlatlar uchun xavf tug`dirayotgani borasidagi asossiz bayonotlar tarqalishi kuzatilayotganini qayd etadi.

Tashqi ishlar vazirligi ushbu vaziyatga munosabat bildirdi:

"Bir qator OAVda O`zbekistondagi mavjud laboratoriyalarning go`yoki biologik qurol ishlab chiqarishga mo`ljallanganligi to`g`risida tarqalayotgan ma`lumotlarning mutlaqo haqiqatga to`g`ri kelmasligiga e`tibor qaratamiz.

Shuni ta`kidlash kerakki, ushbu laboratoriyalar faqat diagnostik tadqiqotlar o`tkazish va tinchlik maqsadlaridagina foydalanish uchun mo`ljallangan.

Bundan tashqari, O`zbekiston Bakteriologik va toksik qurol-yarog`larni taqiqlash to`g`risidagi Konvensiya ishtirokchisi sifatida biologik qurol-yaroqlarni ishlab chiqarish va to`plashning taqiqlanishini ta`minlaydi.

O`zbekistonga nisbatan bildirilgan har qanday asossiz bayonotlar ikki tomonlama munosabatlarda muayyan keskinlikni keltirib chiqaradi va, eng muhimi, o`zaro ishonchga asoslangan davlatlararo muloqotga zarar etkazadi, deb hisoblaymiz" deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar