“Uzbekistan Airways” AJ 2021 yil 4 iyuldan boshlab Urganch – Istanbul – Urganch yo`nalishi bo`yicha muntazam qatnovlarni tiklamoqda. Parvozlar haftada bir marta yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, Urganch – Istanbul yo`nalishida aviachipta 2 935 000 so`mdan boshlanadi.
Urganch – Istanbul – Urganch yo`nalishi bo`yicha aviachipta narxi 4 282 000 so`mdan boshlanadi.






