AsosiyJamiyat

​Endilikda niqobsiz bo`lgan shaxslar transport vositalari saloniga chiqarilmaydi – SSV

'​Endilikda niqobsiz bo`lgan shaxslar transport vositalari saloniga chiqarilmaydi   – SSV'ning rasmi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Transport vazirligi va boshqa qator manfaatdor tashkilotlar taklifiga binoan respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko`ra yo`nalishli avtobus haydovchilari (konduktorlari) va metro kuzatuvchilari niqobsiz bo`lgan shaxslarni transport vositalari saloniga chiqarmaslik (kiritmaslik) choralarini ko`rishi belgilandi. Bu haqda SSV xabar qildi.

Shuningdek, muntazam ravishda mikrofon orqali shaxslarni mas`uliyatni oshirish bo`yicha tushuntirish ishlarini olib borilishi, jamoat transportlarining oxirgi bekatida dezinfeksiya-tozalash ishlarini amalga oshirilishi zarurligi ko`zda tutilmoqda.

Temir yo`l vokzallari va aeroportlarda esa sanitariya-epidemilogiya talablariga amal qilinishini qat`iy nazoratga olinishini, shu jumladan, dezinfeksiya va tozalash tadbirlarini muntazam ravishda yo`lga qo`yilishi ta`minlanadigan bo`ldi.

 

 

    Boshqa yangiliklar