AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda havo biroz bulutli bo`lib, ayrim hududlarda kuchli shamol bo`ladi

'Bugun O`zbekistonda havo biroz bulutli bo`lib, ayrim hududlarda kuchli shamol bo`ladi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarda respublika bo`yicha shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 30-35° gacha isiydi.

Poytaxtimizda havo kam bulutli bo`ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 33-35° bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 9-14 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 22-27° bo`ladi.

 

    Boshqa yangiliklar