AsosiyDunyo

Turkiyada koronavirusga qarshi mahalliy vaksina sinovining uchinchi bosqichi boshlandi

'Turkiyada koronavirusga qarshi mahalliy vaksina sinovining uchinchi bosqichi boshlandi'ning rasmi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`an koronavirusga qarshi mahalliy vaksina sinovlarining uchinchi bosqichi boshlanganligini e`lon qildi. Bu haqda "Anadolu" agentligi xabar bermoqda. 

Erdo`g`anning so`zlariga ko`ra,  koronavirusiga qarshi turk vaksinasi TURKOVAC deb nomlangan.

"Koronavirusga qarshi mahalliy vaksina sinovlarning uchinchi bosqichi bilan Turkiya bu sohada yangi sahifani ochmoqda", dedi prezident.

 

Davlat rahbari, shuningdek, Turkiyada koronavirusga qarshi emlash jarayoni bir necha hafta ichida 18 yoshdan oshgan barcha aholini qamrab olishini ta`kidladi.

Mazuga doir:

Turkiyada 1 iyuldan boshlab komendantlik soati bekor qilinadi

    Boshqa yangiliklar