AsosiyJamiyat

Koronavirus: bir sutkada 419 nafar kasallik qayd etildi. Ikki nafar bemor vafot etdi

'Koronavirus: bir sutkada 419 nafar  kasallik qayd etildi. Ikki nafar bemor vafot etdi'ning rasmi

2021 yil 22 iyun holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 107266 (+419) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 3 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
  • 10 nafari Andijon viloyatida,
  • 25 nafari Buxoro viloyatida,
  • 27 nafari Jizzax viloyatida,
  • 7 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 6 nafari Navoiy viloyatida,
  • 14 nafari Namangan viloyatida,
  • 64 nafari Samarqand viloyatida,
  • 9 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 35 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 3 nafari Farg`ona viloyatida,
  • 8 nafari Xorazm viloyatida,
  • 72 nafari Toshkent viloyatida,
  • 136 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

 

Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 9 nafar,
  • Jizzax viloyatida 23 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 8 nafar,
  • Namangan viloyatida 16 nafar,
  • Samarqand viloyatida 33 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 22 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 174 nafar,
  • Farg`ona viloyatida 8 nafar,
  • Xorazm viloyatida 9 nafar,
  • Toshkent viloyatida 46 nafar,
  • Toshkent shahrida 180 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 103074 (+528) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 722 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3470 nafar bemor davolanmoqda.

    Boshqa yangiliklar