AsosiyJamiyat

Korrupsionerlar davlat xizmatiga qayta olinmaydi

'Korrupsionerlar davlat xizmatiga qayta olinmaydi'ning rasmi

Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan va jamoatchilik muhokamasi uchun e`lon qilinishi kutilayotgan prezident farmoni loyihasiga ko`ra:

 Korrupsiyada ayblangan shaxslarning ochiq elektron reestri yuritiladi;

 Reestrga kiritilgan shaxslarga nisbatan quyidagi cheklovlar o`rnatiladi:

  •  davlat xizmatiga qabul qilinmaydi;
  • davlat mukofotlari bilan taqdirlanmaydi;
  •  nazorat ostida bo`lgan korxonalar aksiyalariga egalik qila olmaydi.

2022 yil 1 yanvardan boshlab davlat xizmatchisi, uning turmush o`rtog`i va voyaga etmagan farzandlari daromadlari majburiy deklarasiya qilinadi.

 Manfaatlar to`qnashuvi hisoblanadigan mansabdor shaxslarning harakatlari belgilanib, ularni amalga oshirish qat`iyan taqiqlanadi.

Korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Bunda:  

  •  korrupsiyaga oid jinoyatlar toifasiga kiruvchi moddalarning aniq ro`yxati belgilanadi;
  •  bunday jinoyatlar uchun uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazo choralari belgilanadi;
  •  deklarasiyalashda aniqlangan noqonuniy boylik orttirganlik va manfaatlar to`qnashuvi uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi.

    Boshqa yangiliklar