O`zbekiston Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasiga (TurkPA) a`zo bo`lish to`g`risida qaror qabul qildi. Bu haqda Senat raisining birinchi o`rinbosari Sodiq Safoevga tayanib, Anadolu agentligi xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, Toshkentda Oliy Majlis Senati raisining o`rinbosari TurkPA delegasiyasi bilan uchrashuv o`tkazgan. Turkiya parlamenti deputati Ismet Uchma boshchiligidagi delegasiya tarkibida Qozog`iston, Qirg`iziston va Turkiya parlamentariylari ham tashrif buyurgan.
Tomonlar Turkiy davlatlar kengashi a`zolari va O`zbekiston o`rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, shuningdek, TurkPA va O`zbekiston parlamenti o`rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilgan.
Ta`kidlanishicha, Sodiq Safoev O`zbekistonda kelajakda TurkPAga qo`shilish bo`yicha qaror qabul qilgan.






