Ayni paytda O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tomonidan O`zbekiston Savdo-sanoat palatasida “Zamonaviy tadbirkor - Yangi O`zbekistonning tayanchi” mavzusida “Ochiq muloqot” bo`lib o`tmoqda.
Mazkur tadbirda Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikramov, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi tadbirkorlikni rivojlantirish Agentligi, Adliya vazirligi, Markaziy bank, Prezident huzuridagi tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo`yicha vakil (Biznes-ombudsman) devonining mas`ul xodimlari va tadbirkorlar ishtirok etishmoqda.
Tashkil etilgan ochiq muloqotda, mamlakatimizda so`ngi yillarda tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash borasidagi islohotlar, ularning natijadorligi, xususan, Savdo-sanoat palatasi tomonidan bu borada 2017-2021 yillarda amalga oshirilgan ishlar to`g`risida axborotlar berildi.
Qayd etilishicha, Prezident tashabbusi bilan bundan 4 yil avval tadbirkorlik sub`ektlarini tekshirishga oid moratoriy e`lon qilingan edi. Buning natijasida so`ngi 4 yil mobaynida 311 mingdan ortiq yangi kichik biznes sub`ektlari tashkil etilib, tadbirkorlar soni 2.1 barobarga yohud 460 mingtaga etdi.
Yaqin daqiqalarda ochiq muloqotda qayd etilgan boshqa yangiliklardan xabardor qilib boramiz.






