Buxoro shahrida o`tkazilayotgan Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik forumi ko`plab xalqaro ekspertlar e`tirofiga ham sabab bo`lmoqda. Xususan, MDHning davlatlararo statistika qo`mitasi raisi Vladimir Sokolinning fikricha, bunday nufuzli forum MDH hududida, balki dunyoda ilk bor o`tkazilayapti.
"Adashmasam, bunday nufuzli forum MDH hududida, balki dunyoda ilk bor o`tkazilayapti. Barqaror rivojlanish maqsadlari masalasini biz odatda mutaxassislar, statistlar darajasida ko`rib, tahlil qilib chiqar edik. Vaholanki, siyosiy doiradagi muloqotlar juda muhim. Meni shu forumga taklif qilgani va sohamizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma`ruza qilishga imkon yaratib bergani uchun o`zbek parlamenti rahbariyatiga minnatdorlik bildiraman.
Barqaror rivojlanishning 17 ta maqsadi bor.Ularning har biri barcha davlat uchun juda muhim. Men anjumanda o`z kasbimdan kelib chiqqan holda, demografiya masalalariga ko`proq to`xtalaman. Bu Barqaror rivojlanish maqsadlarining muhim jihatlaridan sanaladi. Zero, BRM inson hayotini qanday qilib yaxshilashga qaratilgan. Qolaversa, 2023 yilda O`zbekistonda ilk bor mustaqil tarzda aholini ro`yxatdan o`tkazish kompaniyasi o`tkaziladi. Bu nafaqat statistikaning, balki davlatning siyosiy vazifasi sanaladi. Chunki unda ko`plab vazirlik va tashkilotlarning ishtiroki talab etiladi. Biz o`zbekistonlik hamkasblar bilan shu borada ham o`zaro tajriba almashamiz. Jumladan, Buxoro viloyat statistika boshqarmasida bo`lib, bu muhim jarayonga tayyorgarlik holati bilan tanishamiz",–dedi Vladimir Sokolin.






