22 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali Jizzax viloyati IIB YHXBga tegishli bo`lgan, Lasetti rusumli, davlat raqam belgisi 25 224 VSF bo`lgan xizmat avtomashinasi “Yo`l harakati qoidalari”ning 3.27 “To`xtash taqiqlangan” yo`l belgisi ta`sir doirasida to`xtab turgan fotosurati tarqaldi. Holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB YHXB Axborot xizmati munosabat bildirdi.
Mas`ul xodimlar tomonidan mazkur holat o`rganilganida, Jizzax viloyati IIB YHXB YPX otryadi 3-safarbar guruhi YPX katta inspektori katta serjant X.Donaqulov o`ziga biriktirilgan mazkur xizmat avtomashinasida xizmat taqsimoti asosida Zomin tumaniga harakat xavfsizligini ta`minlash uchun xizmatga jalb etilganligi ma`lum bo`ldi.
Xodimning 2021 yil 22 iyun kungi xizmat faoliyati unga biriktirilgan bodi kamera xotirasidagi videolavhalar o`rganilganida, xizmat avtomashinasida xizmat zarurati sababli amaldagi “Yo`l harakati qoidalari”ning 25-bandiga muvofiq Zomin shaharchasi, Mustaqillik ko`chasida o`rnatilgan 3.27 “To`xtash taqiqlangan” yo`l belgisi ta`sir doirasida to`xtaganligi va xizmat avtomashinasining ko`k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqchalari yoqilgan holatda bo`lganligi ma`lum bo`ldi.






