AsosiyJamiyat

Moskva-Toshkent yo`lovchi poezdining maxsus reysi yo`lga qo`yildi

'Moskva-Toshkent yo`lovchi poezdining maxsus reysi yo`lga qo`yildi'ning rasmi

Moskva-Toshkent yo`lovchi poezdining maxsus reysi yo`lga qo`yildi. Buk haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabar berdi.

Pandemiya davrida Rossiya davlatida qolib ketgan yurtdoshlarimizni mamlakatimizga olib kelish maqsadida “O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Moskva-Toshkent yo`lovchi poezdining maxsus reysi yo`lga qo`yildi. Mazkur poezd joriy yil 28 iyun kuni Moskva Kazanskiy-Toshkent yo`nalishida harakatini amalga oshiradi. Ushbu poezd Moskvadan soat 22:28 da jo`naydi. 

Shuningdek, 25 iyun kuni Voljskiy-Toshkent yo`nalishida ham 1 ta maxsus poezd qatnovini amalga oshiradi. Bu poezd Voljskiy vokzalidan soat 20:57 da jo`naydi.

Mazkur poezdlarga faqat bir tomonga, ya`ni Moskva-Toshkent hamda Voljskiy-Toshkent yo`nalishlariga chiptalar sotiladi. Yo`lovchilarga chipta xarid qilishda qulaylik yaratish maqsadida chiptalarni elektron tarzda sotish yo`lga qo`yilgan. Moskvadagi fuqarolarimizning yaqinlari O`zbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi bilan “O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati veb-sayti orqali e-ticket.railway.uz dan chiptalarni elektron tarzda xarid qilib olib, jo`natishlari ham mumkin.

Izoh: Qo`shimcha ma`lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar