AsosiyJamiyat

Koronavirusga chalinib sog`aygan odamga qancha vaqtgcha kasallik yuqmaydi?

'Koronavirusga chalinib sog`aygan odamga qancha vaqtgcha kasallik yuqmaydi?'ning rasmi

AOKAda o`tkazilgan brifingda Sevara Ubaydullaeva quyidagi savolga javob berdi:

«O`tgan yili kuzda COVID bilan kasallanib, sog`aygandik. Yaqinda qizim shamolladi, hid va ta`m bilmayapti. PZR-test musbat chiqdi. Tuzalgan odamlarda antitanachalar bir yilgacha himoya qiladi deyishgandi. Endi nima qilamiz?»

«Bugungi kunda koronavirus infeksiyasidan keyin hosil bo`ladigan himoya immun hujayralari, ya`ni Immunoglobulin-G barchada har xil muddat saqlanishi qayta-qayta ta`kidlanmoqda. Bu inson organizmining turli xussusiyatlari — kasallikni qay darajada o`tkazgani, olingan davo muolajalari ta`siri hisobidan kelib chiqib: 3, 6, uzog`i 9 oygacha himoya qilmoqda. Shundan keyin bu hujayralarning titri tushib, himoya qobiliyati yo`qolib ketmoqda.

Bu degani — insonning koronavirusdan himoyasi yo`q, degani. Qizingiz kuzda kasallangan ekan, oradan 9 oy o`tibdi, demak farzandingizda himoya hujayralari titri tushgan, shu bois qayta kasallangan.

 Sizni taktikangiz:

● Qizni alohidalang;

● Oilangiz a`zolari, barchasi niqob taqishi va ijtimoiy masofa saqlashga rioya qilishi kerak;

● Oila a`zolari qo`llarni tez-tez sovun bilan yuvishi, tomoqlarni va burunlarni tez-tez chayib turishi kerak;

● Xonalarni tez-tez shamollatib turing, kondisioner bor xonadan qizingizni uzoqlating va imkon qadar oila a`zolari ham kondionerli xonada ko`p bo`lishmasin;

● Oilaviy shifokoringizni uyga chaqiring, uni qizingizdagi koronavirus alomatlari haqida ogohlantiring;

● Shifokor bolaning salomatligini to`liq o`rganadi, davo choralari tavsiya qiladi, bepul «boks» — dori qutisini taqdim etadi va qanday dorilarni qanchadan ichish kerakligini, gigiena va karantin qoidalarini tushuntiradi, ovqatlanish va jismoniy faollik hamda nafas mashqlari to`g`risida ham ma`lumot beradi;

● Oila a`zolarining barchasi bemor bilan kontaktda bo`lganlar toifasiga kiritilib, 7-10 kun nazoratda bo`lish talab etiladi».

    Boshqa yangiliklar