Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo`yicha buyrug`i bilan lavozim tayinlovi amalga oshirildi. Bu haqda IIV Axborot xizmati ma`lum qildi.

podpolkovnik Fazilov Ikram Yusupovich
IIV Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi boshlig`i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar I.Fazilov Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi huzuridagi Probasiya xizmati boshlig`ining o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

podpolkovnik Ismoilov Fayzulla Xikmatovich
Buxoro viloyati Olot tumani IIB boshlig`i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar F.Ismoilov Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani IIB boshlig`i lavozimida faoliyat yuritgan.

podpolkovnik Kuziev Maruf Mardonovich
Samarqand viloyati IIB Pastdarg`om tumani IIB boshlig`i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar M.Kuziev Samarqand viloyati IIB Tergov boshqarmasi boshlig`ining o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.






