AsosiyJamiyat

Qabul kvotalari tasdiqlandi. Qabul 22 iyulgacha uzaytirildi

'Qabul kvotalari tasdiqlandi. Qabul 22 iyulgacha uzaytirildi'ning rasmi

«2021/2022 o`quv yilida O`zbekiston Respublikasining oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to`g`risida»gi qaror Prezident tomonidan imzolandi

Unga binoan, 2021/2022 o`quv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlari:

* bakalavrlar tayyorlash bo`yicha:

- kunduzgi ta`lim shakliga – 113 530 nafar;

- sirtqi ta`lim shakliga – 37 675 nafar;

- kechki ta`lim shakliga – 6 550 nafar; 

* magistrlar tayyorlash bo`yicha – 12 900 nafar;

* xorijiy oliy ta`lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta`lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo`yicha – 500 nafar.

Shuningdek, abiturientlarni ro`yxatdan o`tkazish 22 iyulga qadar uzaytirildi.

 

    Boshqa yangiliklar