Kecha O`zbekistonda 442 nafar kishida kasallik qayd etilib, bir nafar bemor vafot etdi, deya xabar bermoqda SSV Axborot xizmati.
Ma`lum qilinishicha, 2021 yil 23 iyun holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 107708(+442) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
-12 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
-12 nafari Andijon viloyatida,
-17 nafari Buxoro viloyatida,
-31 nafari Jizzax viloyatida,
-12 nafari Qashqadaryo viloyatida,
-2 nafari Navoiy viloyatida,
-10 nafari Namangan viloyatida,
-86 nafari Samarqand viloyatida,
-9 nafari Sirdaryo viloyatida,
-33 nafari Surxondaryo viloyatida,
-18 nafari Farg`ona viloyatida,
-16 nafari Xorazm viloyatida,
-46 nafari Toshkent viloyatida,
-138 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kasallikdan sog`ayganlar jami 103472 (+398) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 723 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3513 nafar bemor davolanmoqda.






