AsosiyJamiyat

145 nafar o`zbekistonlik ishlash uchun Janubiy Koreyaga jo`nab ketdi

'145 nafar o`zbekistonlik ishlash uchun Janubiy Koreyaga jo`nab ketdi'ning rasmi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Koreya Respublikasi Kanvondo provinsiyasi, Xongchon okrugi administrasiyasi o`rtasida mavsumiy ishchilar to`g`risida tuzilgan kelishuvga asosan mamlakatimizda 5 oylik mavsumiy ishlarda (E-8 vizasi) vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo`lgan fuqarolar uchun Koreya Respublikasi kompaniyasi vakillari tomonidan tanlov o`tkazilgan edi.

Mazkur tanlovdan muvaffaqiyatli o`tgan fuqarolarning navbatdagi guruhi, ya`ni 115 nafari 23 iyun kuni ushbu davlatga jo`nab ketdi. Bu haqda Tashki mehnat migrasiyasi agentligi xabar bermoqda. 

Shuningdek, Agentlik tomonidan Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida ushbu davlatda ishlash vaqtida mehnat ta`tili olib, O`zbekistonga kelgan 30 nafar fuqaro Toshkent xalqaro aeroportidan charter reys orqali Koreya Respublikasiga ketdi.

Fuqarolarga xorijda ishlash davrida qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan vaqtda huquqiy yordam ko`rsatishga yo`naltirilgan tarqatma materiallar berildi.

Eslatib o`tamiz, joriy yilda mavsumiy ishlarda (E-8 vizasi) vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Janubiy Koreyaga jo`nab ketgan fuqarolar soni 420 nafarni tashkil etmoqda.

    Boshqa yangiliklar