AsosiyJamiyat

Abiturientlarga avval davlat granti, so`ng to`lov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etishi uchun qo`shimcha imkoniyat beriladi

'Abiturientlarga avval davlat granti, so`ng to`lov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etishi uchun qo`shimcha imkoniyat beriladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-o`quv yilida O`zbekiston Respublikasining oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to`g`risida”gi qaroriga muvofiq:

  • 2021-2022-o`quv yili qabulida abiturientlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo`lgan beshtagacha bakalavriat ta`lim yo`nalishi bo`yicha tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi.
  • Abiturientlarga ro`yxatdan o`tish jarayonida tanlagan bakalavriat ta`lim yo`nalishlari ustuvorligiga qarab dastlab davlat granti, keyinchalik to`lov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etish bo`yicha qo`shimcha imkoniyat beriladi.
  • Buning uchun abiturientlarga onlayn ro`yxatdan o`tish vaqtida tanlov uchun ustuvorlik sifatida “davlat granti” yoki “davlat granti va to`lov-kontrakt”dan birini tanlash imkoniyati yaratiladi.

 

 Bunda abiturient ustuvorlik sifatida:

  • Davlat grantini tanlasa - dastlab davlat granti, so`ngra to`lov-kontrakt asosida;
  • Davlat granti va to`lov-kontraktni tanlasa - oldingi yillardagi kabi davlat granti va to`lov-kontrakt asosida tanlagan ta`lim yo`nalishlari bo`yicha ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

 

    Boshqa yangiliklar