AsosiyJamiyat

Toshkentda "Yangi O`zbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostida sport festivali o`tkaziladi

'Toshkentda "Yangi O`zbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostida sport festivali o`tkaziladi'ning rasmi

30 iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan poytaxtimizda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan yoshlar o`rtasida “Yangi O`zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida sport festivali o`tkaziladi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar bermoqda. 

Unda Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 18 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan yoshlar jamoalari ishtirok etadi.

Festivalni o`tkazishdan ko`zlangan maqsad – yosh avlodni sportga jalb qilish orqali sog`lom turmush tarzini shakllantirish, sport turlarini aholi orasida ommalashtirish va yanada rivojlantirish, musobaqalarni o`tkazish orqali o`smirlar va yoshlarning irodasi, o`z kuchi, imkoniyatiga bo`lgan ishonchini, mardlik hamda vatanparvarlik tuyg`ularini oshirishdan iborat.

Musobaqalar sportning voleybol (o`g`il bolalar va qizlar), badminton, shaxmat, stol tennisi, kurash, qo`l jangi, ko`cha sporti (Street Workout), ko`cha basketboli (Street Ball), armrestling, bahodirlar o`yini, futbol hamda engil atletikaning yugurish turlari bo`yicha tashkil etiladi.

“Yangi O`zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida bo`lib o`tadigan sport musobaqalari O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga qarashli sport-sog`lomlashtirish kompleksi, ya`ni “Jar” sport majmuasida 28-29 iyun kunlari o`tkaziladi. Har bir ishtirokchi faqat bitta sport turida qatnashish huquqiga ega.

Musobaqada Toshkent shahridagi 12ta tuman vakillari har bir sport turidan bitta jamoa bo`lib qatnashishi mumkin. Talabnomalar Nizomga asosan 25 iyun kuni soat 18:00ga qadar topshirilishi belgilangan.

Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 18 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan barcha yoshlarni mazkur sport festivalida faol qatnashishga chaqiramiz.

    Boshqa yangiliklar