AsosiyJamiyat

Magistratura mutaxassisliklariga qabul ikki bosqichda amalga oshiriladi

'Magistratura mutaxassisliklariga qabul ikki bosqichda amalga oshiriladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-o`quv yilida O`zbekiston Respublikasining oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to`g`risida”gi qaroriga muvofiq:

 2021-2022-o`quv yili qabulida davlat oliy ta`lim muassasalarining magistratura (klinik ordinatura) mutaxassisliklariga o`qishga qabul qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Bunda:

  • birinchi bosqichda davlat oliy ta`lim muassasasi tomonidan tanlangan mutaxassislikka mos fanlar bo`yicha kirish imtihonlari;
  •  ikkinchi bosqichda Davlat test markazi tomonidan chet tili bo`yicha test sinovlari o`tkaziladi.

Chet tili bo`yicha tegishli darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abiturientlar ikkinchi bosqichda test sinovini topshirishdan ozod qilinadilar va ularga mazkur fan bo`yicha maksimal ball beriladi.

Magistratura mutaxassisligiga mos fanlar bo`yicha imtihonlar natijalari imtihon o`tkazilganidan keyin uch kun muddatda davlat oliy ta`lim muassasasi tomonidan idoralararo elektron axborot almashinuv tizimi orqali Davlat test markaziga taqdim etiladi hamda mazkur muassasaning rasmiy veb-saytida e`lon qilinadi.

Abiturientning chet tili bo`yicha test sinovidan to`plagan ballari to`g`risida ma`lumot test sinovlari o`tkazilgan kunning ertasiga hamda magistratura qabuli bo`yicha tanlov natijalari test sinovlari to`liq yakunlangandan so`ng bir hafta muddatda Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e`lon qilinadi.

    Boshqa yangiliklar