O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-o`quv yilida O`zbekiston Respublikasining oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to`g`risida”gi qaroriga muvofiq:
2021-2022-o`quv yili qabulidan boshlab alohida iqtidor talab etiladigan ta`lim sohalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga o`qishga qabul qilishda abiturientlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlardan so`ng majburiy uchta:
- ona tili (o`zbek, rus yoki qoraqalpoq tili);
- matematika;
- O`zbekiston tarixi fanlari bo`yicha Davlat test markazi tomonidan test sinovlari o`tkaziladi.






