Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida g`allasi o`rib olingan 3 gektar er yonib ketdi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
23 iyun kuni soat taxminan 16:43 larda Ishtixon tumani FVB navbatchilik qismiga murojaat kelib tushib, Ishtixon tuman «Murodobod» MFY Asad qishlog`ida joylashgan fermer xo`jaligiga tegishli o`rib olingan g`alla maydonida yong`in sodir bo`layotgani ma`lum qilingan.
Voqea joyiga soat 16:55 da 2 ta yong`in-qutqaruv guruhi etib borib, yong`inni bartaraf etgan.
«Yangi obod» qishlog`ida yashovchi fuqaroga tegishli fermer xo`jaligining 7 gektar maydonida jami 6 gektar maydoni o`rib olingan bo`lib, yong`in oqibatida ushbu o`rib olingan maydondan 3 gektar maydon zarar ko`rgan.
Ayni paytda yong`in sababi o`rganilmoqda.






