1

Bu yil kirish imtihonlarini o`tkazishga qancha mablag` sarflananishi ma`lum qilindi

Jamiyat 25.06.2021, 08:28
Bu yil kirish imtihonlarini o`tkazishga qancha mablag` sarflananishi ma`lum qilindi

Qabul-2021: imtihonlarni o`tkazishga qancha mablag` sarflanadi?

AOKAda o`tkazilgan matbuot anjumanida ushbu savolga Davlat test markazi direktori Majid Karimov javob berdi:

«Har yili oliy ta`lim muassasalariga kirish imtihonlarini o`tkazish uchun xarajat qilinadi. Bizga davlat byudjetidan eng minimal mablag` beriladi. Imtihonlarni tashkillashtirish jarayonida o`zimizning tayanch ekspertlarimiz, tashqaridan jalb qilinadigan ekspertlar, chet tilidan CEFR tizimi uchun ekspertlar ishlaydi. Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarida test o`tkaziladi, shuningdek, fevraldan aprelgacha harbiy qismlarga borib test olamiz.

Bu xarajatlarning hammasi — 30 milliard so`mdan oshadi. Bu faqat test jarayonlari va xodimlarga to`lanadigan mablag`lar.

Bundan tashqari moddiy-texnik baza uchun sarflanadigan xarajatlar ham bor. Har yili 2 milliondan ortiq test materiallari chop etiladi va tekshiriladi. Bunda noyob qurilmalar, xususan Yaponiyadan keltirilgan skantron jihozi qo`llanadi. Bu juda nozik qurilma, o`tgan yili ochiq havoda imtihon o`tkazilganidan keyin, uning zahira qismlarini, qog`ozdagi ma`lumotlarni «o`qiydigan» sezgir optik vositalarini to`liq almashtirishga to`g`ri keldi. Chunki ochiq havoda shamol bo`lgani tufayli javob varaqalari qum, chang zarralari bilan qoplangan holda keldi.

Moddiy-texnik bazani yangilab borish uchun sarflanadigan shu kabi xarajatlar bilan bog`liq raqamlar DTMning saytida e`lon qilib boriladi».

Majid Karimovning ma`lum qilishicha, o`tgan yili qabul jarayonlaridan 90 milliard so`m atrofida pul tushgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1