AsosiyJamiyat

"Texnik ko`rikdan o`tkazilayotgan edi". Toshkentdagi parkda attraksionning to`xtab qolgani yuzasidan izoh berildi

'"Texnik ko`rikdan o`tkazilayotgan edi". Toshkentdagi parkda attraksionning to`xtab qolgani yuzasidan izoh berildi'ning rasmi

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi “ANHOR” parkida attraksionning to`xtab qolgani tasvirga tushirilgan video tarqalgan edi. 

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBBning izoh berishicha, videoda 2021 yil 22 iyun kuni “ANHOR” parkidagi attraksionning texnik ko`rikdan o`tkazilayotgani tasvirga olingan.  

"Tasvirga tushgan odamlar - park ishchilaridir. Bu vaqtda parkda sayr qiluvchi fuqarolar bo`lmagan. Bir oz vaqtdan so`ng attraksionda profilaktik ishlar tugagach u yana ishga tushiriladi", - deyilgan rasmiy izohda. 

 

    Boshqa yangiliklar