Toshkent – Farg`ona – Toshkent yo`nalishi bo`yicha parvozlar soni ko`paymoqda. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar bermoqda.
2021 yilning 5 iyulidan boshlab “Uzbekistan Airways ” AJ Toshkent – Farg`ona – Toshkent yo`nalishida haftasiga to`rt marta - dushanba, chorshanba, payshanba va shanba kunlari muntazam qatnovlarni amalga oshiradi.
- Toshkent – Farg`ona yo`nalishidagi aviachiptalar 126 000 so`mdan boshlanadi.
- Toshkent – Farg`ona – Toshkent yo`nalishida aviachiptalarni 214 000 so`mdan boshlanadi.
Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.






