1

Oliy Majlis Senatida yangi qo`mita tashkil etildi

Jamiyat 25.06.2021, 11:47
Oliy Majlis Senatida yangi qo`mita tashkil etildi

Xabar berganimizdek, Oliy Majlisi Senatining o`n oltinchi yachlpi majlisi o`z ishini boshladi.

Senatorlar kun tartibidagi birinchi masala O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining davlat organlarida ochiqlik va oshkoralikni ta`minlash sohasidagi faoliyatini takomillashtirish to`g`risidagi masalani ko`rib chiqdi.

Ta`kidlanganidek, Harakatlar strategiyasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta`minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish davlat boshqaruvi tizimini isloh qilishning muhim yo`nalishi etib belgilandi.

Qisqa davr mobaynida bu borada salmoqli ishlar amalga oshirildi va ko`plab ijobiy natijalarga erishildi. Xususan, Hukumat portali doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning axborotdan erkin va bepul foydalanish imkonini beruvchi O`zbekiston Respublikasining Ochiq ma`lumotlar portali faoliyati yo`lga qo`yildi. Qolaversa, “Mening fikrim”,  “Ochiq byudjet”, “Davlat xaridlari”, “Shaffof qurilish” portallari kabi o`nlab elektron platformalar ishga tushirildi. Barcha darajadagi davlat va jamoat tashkilotlarining doimiy yangilanib turadigan rasmiy veb-saytlari yaratildi.

Majlisda senatorlar tomonidan mamlakatimizdagi o`zgarish va yangilanish jarayonlari, olib borilayotgan keng ko`lamli islohotlar mazmun-mohiyatini xalqimizga to`g`ri va to`liq tushuntirish, milliy axborot makonini xolis va asosli ma`lumotlar bilan to`yintirish zarurati axborot siyosati hamda ochiqlikni ta`minlash borasidagi sa`y-harakatlar, tizimli nazorat, jumladan, parlament nazorati muhim ahamiyat kasb etishi ta`kidlandi.  

Majlisda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta`minlash masalalari qo`mitasini tashkil etish to`g`risidagi masala ko`rib chiqildi. Qolaversa, mazkur qo`mitaning vazifalariga e`tibor qaratildi.

Qo`mita davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta`minlash sohasini muvofiqlashtirib boradi va bu borada doimiy nazoratni amalga oshiradi.

Majlisda senator Farxod Esanovich Boqievni mazkur Qo`mita raisining o`rinbosari etib saylandi.

Mazkur masala yuzasidan Oliy Majlis Senatining tegishli qarori qabul qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1