AsosiyJamiyat

Karantin: Restoran, kafe va ko`ngilochar maskanlarning ish soati belgilab berildi, shuningdek...

'Karantin: Restoran, kafe va ko`ngilochar maskanlarning ish soati belgilab berildi, shuningdek...'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari ortib borayotganligini inobatga olib Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 28 iyundan boshlab qo`shimcha tartib va cheklovlar o`rnatilmoqda. 

Unga ko`ra:

- joriy yilning 28 iyunidan boshlab respublika bo`ylab ko`ngilochar ob`ektlar – restoran, tungi klublar, diskoteka, karaoke, bilyard zallari va kompyuter o`yinlari markazlari hamda umumiy ovqatlanish ob`ektlari – kafe, oshxona, choyxonalarni ishlashiga soat 8:00 dan 20:00 gacha ruxsat beriladi;

- ko`ngilochar va umumiy ovqatlanish ob`ektlarida tashrif buyuruvchilarga ushbu muassasalarning umumiy sig`imining 50 foizidan qat`iy oshirmagan holda xizmat ko`rsatish belgilandi.

Mavzuga doir:

28 iyundan Toshkentga kirishga cheklov qo`yilmoqda

    Boshqa yangiliklar