AsosiyJamiyat

Bugun Toshkentning qator ko`chalari yopilishi mumkin, chunki...

'Bugun Toshkentning qator ko`chalari yopilishi mumkin, chunki...'ning rasmi

Poytaxtda ayrim ko`chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanishi mumkin, deya xabar bermoqda IIV YHXBB Axborot xizmati. 

Ma`lum qilinishicha, huquqbuzarliklarni oldini olish, favqulodda holatlar yuzaga kelganda tezkorlikni oshirish maqsadida, Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB xodimlari va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan o`quv mashg`ulotlari  o`tkazilishi munosabati bilan bugun, 26 iyun kuni soat 08:00dan 10:00gacha poytaxtning Temur Malik, Do`rmon yo`li, Mirzo Ulug`bek, Mustaqillik, Bobur, Afrosiyob, Oybek, Nukus va Sh.Rashidov ko`chalarida transport vositalari harakati qisqa muddatga cheklanishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar