AsosiyJamiyat

Jurnalist Farida Usmonova vafot etdi. U kecha "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan edi

'Jurnalist Farida Usmonova vafot etdi. U kecha "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan edi'ning rasmi

Bugun O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, jurnalist Farida Usmonova vafot etdi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi ma`lum qildi.

  Farida Usmonova 1921 yil 23 yanvarda Farg`ona viloyatining Qo`qon shahrida tug`ilgan. 1957 yilda Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan.

  Taniqli jurnalist Farida Usmonova uzoq yillar davomida o`zbek matbuotida mehnat qilgan. Qalbi daryo insonlar haqida ko`plab ocherklar yozgan. Uning “Bahor malikasi”, “Inson qadri”, “Mehri daryolar” singari risolalari e`lon qilingan. Adibaning “Dil faryodi” romani, “Qiz kelin” qissasi chop etilgan. “Sinov”, “Ona bag`ri” dramalari sahnalashtirilgan.

  Farida Usmonova 2021 yilning 23 yanvar kuni tabarruk 100 yoshni qarshilagandi. U kecha — 25 iyun kuni Prezident farmoni bilan "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan edi.

  O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi va a`zolari adibaning oila a`zolari va yaqinlariga ta`ziya bildiradi.

  Janoza bugun Qibray tumani Alisherobod mahallasi Farovon hayot ko`chasi 136-uydi peshin namozidan so`ng o`qiladi. Marhuma Yalang`och qabristoniga dafn etiladi.

O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

    Boshqa yangiliklar